Mehrojiddin Nazarov

Mehrojiddin Nazarov

Mehrojiddin Nazarov

21/08/2025

Marketolog sifatida karyerangizni tezroq rivojlantirish yo‘llari

Marketing karyerasining dastlabki bosqichida nimalarga e’tibor berish kerak?

Birinchi rasmiy ish joyim Vendo kompaniyalar guruhi bo'lgan. PR menejer sifatida ish boshlaganman. (PR menejer kim ekanligini birinchi ish kunimda google orqali bilganman)

Bizni davrimizda unday bo'lgan, bunday bo'lgan-deb o'zimni dinozavr bilan tengdosh qilish niyatim yo'q, quruq maslahatlarni ham xushlamayman.

Lekin siz o'zingizda strategik fikrlash ko'nikmalarini oshirib, ham o'zingizga ham korxonangizga foyda keltiradigan mutaxassis bo'lishni maqsad bo'lgan bo'lsangiz, tajribamdan o'tgan tavsiyalarni bermoqchiman. 

Tavsiyam asosan 2 yilgacha tajribasi bor junior mutaxassislariga mos keladi. 

Sizning birinchi ish joyingiz  nafaqat amaliy bilim, tajriba olish, balki o‘zingizni bozor talablariga tayyorlash maktabi hisoblanadi. Mening tavsiyalarim tezroq moslashish va natija ko‘rsatishga yordam beradi.

1-tavsiyam: Biznesni chuqur tushuning.

Mahsulot yoki xizmatingizni mijoz ko‘zi (empatiya) bilan ko‘rib chiqing.

Kompaniyaning asosiy maqsadi, biznes modeli va asosiy ko‘rsatkichlarini (sotuv, foyda, LTV, CAC) tushunib oling.

Marketing bu nafaqat “reklama”, balki biznes natijalariga qanday ta’sir qilishi haqida fikrlashni odat qiling.

2-tavsiyam: Ustoz va tajribali hamkasblardan o‘rganing.

Senior, middle marketologlar yoki menejerlar qanday qaror qabul qilishini kuzating.

Savol berishdan uyalmang - bu bilim va tajriba olishning eng tezkor yo‘llaridan biri.

"Qovundan rang olish" usulini qo‘llang: tajribali xodimning ish jarayonida yonma-yon bo‘ling va o‘rganing yoki tajribali insonlar muhitida bo'ling.

3-tavsiyam: Raqamlar bilan ishlashni o‘rganing.

Amalga oshirayotgan loyiha, kampaniyaning natijalarini o‘lchashni odat qiling.

Biznes egasi, jamoaga faqat g‘oya emas, balki fakt va raqamlar bilan isbotlangan natijalarni ko‘rsating.

4-tavsiyam: Kreativlik va tashabbuskorlikni ko‘rsating.

Faqat berilgan topshiriqlarni bajarib qolmang, qo‘shimcha takliflar bering.

"Think outside the box" qiling, berilgan vazifaga boshqa nazar bilan qarang, boshqalarning tajribasini o'rganing, kreativ yechim bering.

5-tavsiyam: Networking va hamkorlikni rivojlantiring.

Korxonadagi boshqa bo'limlar, ayniqsa sotuv bo‘limi bilan yaqin ishlang: ular mijozlar haqida eng ko‘p ma’lumotga ega bo'lishadi. 

Siz kabi rivojlanayotgan, rivojlangan insonlar davrasida bo'lishga harakat qiling, tajriba ulashishdan cho'chimang.

Faqat olish haqida emas, siz ham ularga nima bera olishingiz haqida fikrlab ko'ring.

6-tavsiyam: Doimiy o‘qing va o‘z ustingizda ishlang.

Har oy bitta yangi kitob yoki kursni o‘qing. (Shu yerda Metod dasturimni reklamasi ketishi mumkin edi😄)

Mahalliy va xalqaro marketologlarning bloglari, podkastlari va maqolalarini kuzatib boring.


Xulosa sifatida aytadigan bo'lsam, hozir ishlab turgan korxonangiz - sizga tajriba maktabi deb qabul qiling. Asosiysi, shoshmasdan, har bir vazifani “o‘rganish imkoniyati” sifatida ko‘ring. Vaqt o‘tishi bilan siz nafaqat marketing strategiyasi, kampaniyalarini boshqarishni, balki biznesga real qiymat qo‘shishni ham o‘rganasiz.

Agar tavsiyalarim foydali deb bilsangiz uni boshqalar bilan ulashing. Rahmat.

© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan

© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan

© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.