Mehrojiddin Nazarov

Mehrojiddin Nazarov

Mehrojiddin Nazarov

10/12/2025

Bu filmni albatta ko'rishingiz shart

Yaqinda men hurmat qiladigan bir insonning tavsiyasi bilan kino ko’rdim, bugun sizlarga shu film haqida tushunganlarim, fikrlarim bilan bo’lishmoqchiman.

Filmda bosh qahramonning o‘z ongi ichidagi urushi, u o‘zini haqiqatidan himoyalash uchun butun bir boshqa reallik yaratgan holati ochib berilgan.

Filmdan tushungan asosiy g‘oyalarimdan bir bu miyamiz haqiqatni ko‘tara olmasa  yolg‘on yasaydi, ayrim ayblovlarni, fojealarni qabul qila olmaydi. Shunda u haqiqatni emas, o’zining “chidasa bo’ladigan” versiyasini yaratadi.

Filda bosh qahramon o‘z oilasining o‘limiga bevosita sabab bo‘lgan, bu ayb bilan yashab bo‘lmaydi degan fikrga kelib, miyasi himoya mexanizmini ishga tushiradi: U o‘zini “qutqaruvchi” sifatida ko’rib, aybdor sifatida esa “boshqalar”
bo’ladi.

Filmning bosh g‘oyaviy xulosasini bitta jumlada yozadigan bo’lsam: Eng katta qamoqxona  bu devorlar emas, balkim insonning o‘z ongidir.

Nima uchun bu filmni ko’rishni tavsiya qilaman.

Chunki, bu film jinoyat haqida emas, aqldan ozish haqida emas, inson qanchalik uzoqqa yolg‘on bilan yashay olishi haqida va eng qo‘rqinchlisi: Bu holat har bir insonda bo‘lishi mumkin.

Film rejissyori ham kuchli, bosh qahramonni o’ynagan aktyorniku aytmasa ham bo’ladi. Siz ham ko’rib chiqing, fikrlaringiz bilan bo’lishing.

Shunday qilib film nomi: Shutter island.

Mana shu link orqali tomosha qilishingiz mumkin. Maroqli tomosha tilayman.

© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan

© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan

© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.