Mehrojiddin Nazarov

Mehrojiddin Nazarov

Mehrojiddin Nazarov

01/05/2025

Marketing bo‘limi uchun samarali xodim tanlash

Bir necha yil avval kompaniyam uchun mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer kerak edi.

E’lon berdim, 10 dan ziyod nomzodlar keldi

Ular orasidan bittasi darrov ko‘zimga tashlandi.

 - Diplomi bor.

 - Oldin yaxshi joylarda ishlagan.

 - Gapida ishonch bor.

 - Intervyuda o‘zini bemalol tutayapdi.

 Qisqasi - shuni ishga olaman dedim.

Uni ishga oldim.

Ammo oradan 2 hafta o‘tdi. 

Mijozlar bilan bir xil muammo qayta-qayta chiqayapti. Muammo hal qilinmayapti.

Xodimda so‘rasam, “-Ishlayapman”-deydi.

Oxir oqibat u muammoni hal qilolmadi, ishdan ruxsat berdim. 

Shundan keyin “Qanday qilib malakali xodimni ishga olaman”- deb ko’p izlandim.

Shu vaqtda yo’limdan bir ajoyib metod chiqdi: STAR metodi.

Keyingi suhbatlarda nomzodlarga shu savolni bera boshladim:

“Mijoz sizga norozilik bildirib, emotsional murojaat qilgan holat bo‘lganmi? O‘sha holatda qanday ish tutgansiz?”

Aksariyati quyidagicha javob berar edi: “Ha, bo‘lgan. Mijoz juda qattiq gapirdi. Men unga tushuntirdim. Vaziyat tinchidi.”

Bu javoblar chiroyli, lekin yuzaki. Fakt yo‘q. Holat noaniq, qaysi harakat qanday natija bergani tushunarsiz.

Aytishlaricha, insonning kelajakdagi harakatlarini uning o‘tmishdagi odatlari aniqlaydi.

Shu sababli endi har bir intervyuda STAR metodi bilan yondashadigan bo’ldim:

S — Situation: "Qanday vaziyat bo‘lgan?"

T — Task: "Sizga qanday vazifa yuklatilgan edi?"

A — Action: "Siz aynan nima qildingiz?"

R — Result: "Natija qanday bo‘ldi? 


Nomzod shu ketma-ketlik asosida javob bera olmasa — demak, u ishda ham noaniq yondashadi degan fikrga keldim.


Xulosa sifatida aytadigan bo’lsam: Bugun xodim tanlash - lotereya emas. Sizga hozir gapirayotgan odam, ertaga mijozingiz bilan gaplashadi, biznes vazifalarni bajaradi. Shunday ekan siz ishga olayotgan xodimga siz yuqoridagi metodika bo'yicha savollarni berib, sinab ko'rib ishga oling.
Siz bergan topshiriqni bajarayotganda, vazifaga qanday yondashishini intervyuda aytib berishi kerak.
Yaxshi gapiradiganlar ko‘p. Lekin yaxshi ishlaydiganlar - faqat harakati, natijasi bilan ajralib turadi.


Maqolani shu joyigacha o’qigan bo’lsangiz menga yozing va men sizga marketologni ishga olish uchun berilishi mumkin bo’lgan savollar ro’yxatini yuboraman. 

Rahmat.

© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan

© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan

© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.